Futbol maydonlarida katta iz qoldirgan Chili terma jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches endi «Sevilya» sharafini himoya qiladi. Ispaniyaning mashhur klubi 36 yoshli futbolchi bilan bir yillik kelishuvni rasman e’lon qildi.
Sanches o‘z faoliyati davomida Yevropaning bir qator yetakchi jamoalarida to‘p surgan. Uning boy karerasida «Arsenal», «Barselona», «Manchester Yunayted» va «Inter» kabi jamoalardagi chiqishlari alohida o‘rin egallaydi. Har bir klubda u muxlislar xotirasida yarqin o‘yinlari va hal qiluvchi gollari bilan qolgan.
E’tiborli jihati, hujumchining so‘nggi manzili Italiya chempionati bo‘lgan — u «Udineze» safida harakat qildi. Endi esa u Ispaniyaga qaytib, «Sevilya» bilan yangi sahifa ochish arafasida turibdi.
Ko‘p tajriba to‘plagan Sanchesning «Sevilya» safidagi o‘yini jamoaga yangi kuch va jonlanish olib kelishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!