"Barselona" hamda Fransiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde jamoadoshlari Usmon Dembele va Lamin Yamal haqida o‘z fikrini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ikkisi ham 2025 yilgi "Oltin to‘p" uchun munosib nomzodlar hisoblanadi.
"Men buni avval ham aytganman va yana takrorlayman: ikkalasi ham bu nufuzli mukofotga arziydi. Ular ajoyib mavsumni o‘tkazishdi, sovrinlar qo‘lga kiritishdi. Shuning uchun qaysini tanlash ancha qiyin.
Men ovoz beruvchilar qatorida emasman, ammo ikkisi uchun ham jiddiy dalillar mavjud. Lamin bilan birga o‘ynayotganimdan mamnunman, u jamoaga katta yordam bermoqda. Usmon esa faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida va statistika bo‘yicha o‘zining eng yaxshi natijalarini ko‘rsatmoqda. Qay biri kuchli bo‘lsa, o‘sha g‘olib chiqsin", – dedi Kunde.
Ma’lumot uchun, nufuzli "Oltin to‘p" taqdirlash marosimi shu yilning 22 sentyabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!