date

Donnarumma «Manchester Siti»ga qo‘shilish qarori haqida gapirdi

Donnarumma «Manchester Siti»ga qo‘shilish qarori haqida gapirdi

Italiya milliy terma jamoasining asosiy posboni Janluiji Donnarumma o‘zining «Manchester Siti»ga o‘tishiga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Undan avvalroq ma’lum bo‘lganidek, u Fransiyaning «PSJ» klubini tark etib, «shaharliklar» safidan joy olgan edi.

Darvozabon o‘z so‘zlarida bu qarorini katta hayajon va qoniqish bilan qabul qilganini ta’kidladi:

«Men uchun “Man Siti”ga o‘tish orzu edi. Chunki ular meni jamoada ko‘rishga qattiq ishtiyoq bilan intilishdi. Ayniqsa, Pep Gvardiolaning xohishi meni yanada ruhlantirdi. Bunday nufuzli klubda to‘p surish katta sharaf. Rostini aytsam, men o‘zimni baxtli his qilyapman.

“PSJ” prezidenti bilan suhbatda shartnoma imzolashga rozilik olishim mumkinligini so‘radim va omad meni qo‘llab-quvvatladi. Shunday ekan, xotirjamman: agar seni «Man Siti»dek jamoa qidirsa va o‘z safida ko‘rishni istasa, bu sening mehnatingning qadrlanishidir. Gvardiola kabi murabbiy senga ishonch bildirsa, buni so‘z bilan ifoda qilish qiyin», — dedi Donnarumma.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» darvozabonni «PSJ»dan 30 million yevro evaziga xarid qildi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2030-yilga qadar amal qiladigan shartnoma bilan mustahkamlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Donnarumma «Manchester Siti»ga qo‘shilish qarori haqida gapirdi