date

Lamin Yamal Flik tanqidiga javob qaytardi va fikrini ochiq bildirdi

Lamin Yamal Flik tanqidiga javob qaytardi va fikrini ochiq bildirdi

"Barselona"ning yosh iqtidor egasi, 18 yoshli Lamin Yamal La Liganing 3-turidan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik aytgan so‘zlarga nisbatan o‘z qarashini bildirdi.

Ma’lumki, "ko‘k-anorranglilar" "Rayo Valekano" mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida durangga rozi bo‘lishdi. Uchrashuvdan keyin Flik futbolchilarning ayrim holatlarda xudbinlik qilishi g‘alabaga to‘sqinlik qildi, deb ta’kidlagandi.

Biroq Lamin Yamal bu fikrga qo‘shilmadi:

– Menimcha, hisobning xudbinlik bilan mutlaqo bog‘liq joyi yo‘q. Aslida, o‘yinimiz kerakli darajada qovushmadi. Bahsni talab darajasida boshlay olmadik, diqqatimizni to‘liq jamlay olmadik.

Albatta, Flik aytib o‘tganidek, ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik va albatta, yaxshiroq o‘ynashimiz shart. Lekin shu bilan birga, juda og‘ir raqiblarga qarshi uch o‘yinda 9 imkoniyatdan 7 ochko to‘plaganimizga hech kim ahamiyat qaratmayapti.

Biz hali o‘z uyimizda maydonga tushmadik, barcha bahslarni safarda o‘tkazyapmiz. Shunday bo‘lsa-da, yetarli darajada natija ko‘rsatdik, – deya ta’kidladi Yamal.

Bu bayonot yosh futbolchining o‘z fikrini dadil ayta olishi va jamoa ichki muhitidagi bahslarga befarq emasligini ko‘rsatdi. "Barselona"dagi vaziyat esa muxlislar uchun yanada qiziqish uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal Flik tanqidiga javob qaytardi va fikrini ochiq bildirdi