date

Anchelotti Neymarning Braziliya termasiga chaqirilmasligiga izoh berdi

Anchelotti Neymarning Braziliya termasiga chaqirilmasligiga izoh berdi

Braziliya milliy jamoasi ustozi Karlo Anchelotti “Santos” hujumchisi Neymarning yaqindagi o‘yinlarga taklif etilmagani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Ma’lumki, 9 va 14 sentyabr kunlari Braziliya termasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Chili va Boliviyaga qarshi maydonga tushadi. Ayni vaqtda 33 yoshli Neymar Saudiya Arabistonidagi faoliyatidan so‘ng o‘z vatanida to‘p surmoqda.

— Bu to‘liq texnik qaror, Neymarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Albatta, mahorat nuqtayi nazaridan Neymar ko‘plab futbolchilardan ustun turadi. Biroq biz bir vaqtning o‘zida ko‘p omillarni hisobga olamiz. Braziliya termasiga da’vogarlar soni taxminan 70 nafar futbolchini tashkil etadi. Eng asosiy jihat – muvozanatni saqlab qolish, — deya ta’kidladi Anchelotti.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya Jahon chempionati saralash bosqichida ertaga Chiliga qarshi, 10 sentyabr kuni esa Boliviyaga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Neymarning Braziliya termasiga chaqirilmasligiga izoh berdi