date

"Barselona" misli ko‘rilmagan ikki transferni rejalashtirmoqda

"Barselona" misli ko‘rilmagan ikki transferni rejalashtirmoqda

Yevropaning yetakchi ligalarida yozgi transferlar oynasi yopilganiga qaramasdan, katta klublar allaqachon keyingi mavsum uchun harakatni boshlab yuborishdi. Ayniqsa, Ispaniya chempioni sanalgan “Barselona” kelgusi yozda jamoani kuchaytirish maqsadida yirik transfer rejalarini tayyorlamoqda.

Fichajes va El Nacional kabi manbalarning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar ikki futbolchini asosiy maqsad sifatida ko‘zlagan. Ulardan biri — Italiyaning “Inter” jamoasi safida to‘p surayotgan 26 yoshli himoyachi Alessandro Bastoni. Ikkinchisi esa — Madridning “Atletiko” klubiga mansub 25 yoshli hujumchi Xulian Alvares.

“Barselona” rahbariyati ushbu ikki transfer uchun jami 180 million yevro ajratishga tayyor. Shu mablag‘dan 80 millioni Bastonini olib kelishga sarflanishi kutilmoqda. Qolgan 100 million esa madridliklar safida to‘p tepayotgan Alvaresni qo‘lga kiritish uchun yo‘naltiriladi.

Mutasaddilarning fikricha, agar ushbu bitimlar amalga oshsa, Flik boshqaruvidagi “Barselona” himoyada ham, hujumda ham sezilarli darajada kuchayishi mumkin. Kataloniya klubi keyingi yozda yana bir bor transfer bozorining markaziga aylanishi ehtimoldan xoli emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" misli ko‘rilmagan ikki transferni rejalashtirmoqda