date

Olmaotadagi stadion "Real"ni qabul qilishga tayyor

Olmaotadagi stadion "Real"ni qabul qilishga tayyor

Olmaota markaziy stadioni "Qayrat" va Madridning "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni o‘tkazishga rasman tayyor deb topildi. UEFA inspeksiyasi arena xalqaro standartlarga javob berishini tasdiqladi. Bu haqda Kursiv.media xabar bermoqda.
Tekshiruv maysazor, yoritish va barcha infratuzilma talablarga to‘liq javob berishini ko‘rsatdi.
Shu bilan birga, kichik kamchiliklar aniqlandi: tribunalardagi shikastlangan o‘rindiqlar almashtiriladi va sanitariya zonalari ta’mirlanadi. Sport inshootlari direksiyasi vakillari o‘yin kunigacha hamma narsa tayyor bo‘lishiga ishontirdi.
Muxlislar esa chiptalar savdosini qizg‘in muhokama qilishmoqda. Ko‘pchilik ularni qat’iy JSHSHIR bo‘yicha sotishni talab qiladi - bu chayqovchilik va olibsotarlarning oldini olishga yordam beradi.
Bundan tashqari, Olmaotada UYEFAning eng yuqori standartlariga javob berishi kerak bo‘lgan 35 ming o‘rinli yangi stadion qurish loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
Olmaotada futbol muhiti tobora qizib bormoqda. Bunday matchda qatnashishni xohlaysizmi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olmaotadagi stadion "Real"ni qabul qilishga tayyor