Yevropa qit’asida 2026 yilgi jahon chempionati saralash o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda. Kundan-kunga kuchayib borayotgan bellashuvlarda bir qancha favorit jamoalar o‘z ustunligini namoyish etdi.
D guruhining ilk turida Fransiya milliy termasi Ukrainaga qarshi maydonga tushdi va 0:2 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Fransiya safida Olise va Kilian Mbappe o‘z nomlarini tabloga yozdirdi. Shu bilan birga, Islandiya ham Ozarboyjonni javobsiz besh gol bilan mag‘lub etdi va turning eng yirik hisobini qayd etdi.
Ukraina — Fransiya 0:2
Gollar: Olise (10), Mbappe (82).
Ukraina — Trubin, Konoplya, Zabarniy, Matviyenko, Zinchenko (Voloshin, 87), Zubkov (Nazarenko, 76), Yarmolyuk (Ocheretko, 82), Sudakov (Bondarenko, 82), Kalyujniy, Gutsulyak, Dovbik (Vanat, 76).
Fransiya — Menyan, Kunde (Gyusto, 90+2), Konate, Upamekano, Din, Kone, Chuameni, Barkolya (Rabio, 76), Olise (Akliush, 90+2), Due (Dembele 46, Ekitike 81), Mbappe.
Islandiya — Ozarboyjon 5:0
Gollar: Palsson (45+2), Yohanesson (47, 56), Gudmundsson (66), Hlinsson (77).
I guruhida esa Italiya milliy jamoasi yangi bosh murabbiy Jennaro Gattuzo qo‘l ostida o‘z debyutini katta g‘alaba bilan boshladi. Estoniyaga qarshi bahsda "adzurrilar" 5:0 hisobida zafar quchdi. Isroil termasi esa safarda Moldovani yirik 0:4 hisobida mag‘lub etdi.
Italiya — Estoniya 5:0
Gollar: Ken (58), Retegi (69, 89), Raspadori (71), Bastoni (90+2).
Italiya — Donnarumma, Di Lorenso, Bastoni, Kalafiori, Dimarko (Kambiyazo, 67), Politano (Orsolini, 76), Barella, Tonali (Lokatelli, 76), Zakkani (Raspadori, 66), Ken (Espozito, 84), Retegi.
Moldova — Isroil 0:4
Gollar: Peres (15), Solomon (35), Baribo (59), Gluh (77).
B guruhidagi o‘yinlarda Shvetsiya mehmonda Sloveniyaga qarshi bahsda g‘alabani oxirgi daqiqalarda qo‘ldan chiqarib, 2:2 hisobida durangga rozi bo‘ldi. Shveysariya esa Kosovoga qarshi bahsda maydonni to‘liq nazorat qilib, 4:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Sloveniya — Shvetsiya 2:2
Gollar: Lovrich (46), Vipotnik (90) — Elanga (18), Ayyari (73).
Shveysariya — Kosovo 4:0
Gollar: Akanji (22), Embolo (25, 45), Vidmer (39).
C guruhida esa kutilmagan natija qayd etildi: Daniya va Shotlandiya o‘rtasidagi bellashuvda hisob ochilmadi. Gretsiya esa o‘z maydonida Belarusni yirik 5:1 hisobida taslim etdi.
Daniya — Shotlandiya 0:0
Gretsiya — Belarus 5:1
Gollar: Karetsas (3), Pavlidis (17), Bakasetas (21), Kurbelis (36), Solis (63) — Barkovskiy (72, penalti).
L guruhida ham qiziqarli bahslar kechdi. Xorvatiya minimal hisobda Farer orollarini mag‘lub etdi. Chexiya esa Chernogoriyani safarda 0:2 hisobida ortda qoldirib, muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi.
Farer orollari — Xorvatiya 0:1
Gol: Kramarich (31).
Chernogoriya — Chexiya 0:2
Gollar: Cherv (3), Chernpy (90+7).
Shu tariqa, saralashning dastlabki turlari bir qancha ajablanarli natijalar va yirik hisobli g‘alabalarga boy bo‘ldi. Favoritlar o‘z maqsadini ko‘rsata boshladi, biroq hali oldinda yana ko‘plab bellashuvlar kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!