
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida «Kashima Antlers» jamoasi darvozasiga 3ta gol urdi.
Shu tariqa, Ronaldu bu o‘yinda klub uchun xalqaro turnirlardagi 101, 102 va 103-gollarini urdi hamda bu borada «Barselona» hujumchisi Lionel Messini ortda qoldirdi.
Ronaldu 96 golni Chempionlar ligasida, 2tasini Evropa Superkubogida urgan, yana 5ta gol klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida urilgan.
Messida esa Chempionlar ligasida urilgan 93ta gol, Evropa Superkubogidagi 3ta va klublar o‘rtasidagi JChda urilgan 5ta gol bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar