Angliyaning Liverpul shahrida World Boxing hamkorligida ilk bor kattalar o‘rtasida tashkil etilgan jahon chempionati qizg‘in tarzda davom etmoqda. Bu nufuzli musobaqada yurtimiz vakillari ham munosib ishtirok etishmoqda.
Hozirgina -51 kg vazn toifasida Feruza Kazakova o‘zining dastlabki jangini o‘tkazdi. U panamalik Yuliyett Xinestrozaga qarshi ringga ko‘tarildi. To‘liq 3 raund davom etgan shiddatli bahs yakunida hakamlar yakdil qaror bilan g‘alabani Feruzaning qo‘liga topshirdi. Bu natija orqali hamyurtimiz musobaqadagi keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Uning navbatdagi jangini muxlislar 9-sentyabr kuni kuzatishlari mumkin bo‘ladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, chempionat doirasida hali yana bir o‘ziga xos to‘qnashuv kutib turibdi. Yurtdoshimiz Shavkatjon Boltayev shvetsiyalik Kevin Skottga qarshi ringga chiqadi. Bu bellashuv ham alohida qiziqish bilan kutilmoqda.
O‘zbek bokschilarining bu g‘alabalari va yangi sinovlari Liverpul ringlarida yurtimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarishiga ishonch katta.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!