date

O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi finalga qizg‘in tayyorlanmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi finalga qizg‘in tayyorlanmoqda

Ayni damda O‘zbekiston milliy terma jamoasi "Do‘stlik" stadionida ertangi muhim to‘qnashuv – Eronga qarshi o‘yinga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. Mashg‘ulotlar yuqori sur’atda va maksimal diqqat bilan o‘tmoqda, chunki bu final bellashuv butun mamlakat futbol ishqibozlari diqqat markazida turibdi.

Biroq, ushbu muhim bahs arafasida terma jamoa tarkibida yo‘qotishlar kuzatildi. Timur Kapadze Abduvohid Ne’matov, Sherzod Nasrullayev va Umar Eshmurodov xizmatidan foydalana olmaydi. Ushbu futbolchilar terma jamoa lagerini tark etib, o‘z klubi – "Nasaf" ixtiyoriga yo‘l oldi.

Qarshiliklar safidan himoyachi Alibek Davronov esa milliy jamoada qoldi va ertangi finalda terma jamoaga yordam berishga tayyorlanmoqda. Bu qaror murabbiylar shtabi uchun muhim ahamiyatga ega, chunki har bir o‘yinchi finalda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, final bahsi ertaga soat 19:30da poytaxtimizdagi "Olimpiya" stadionida bo‘lib o‘tadi. Milliy jamoamiz uchun bu o‘yin nafaqat sovrin uchun kurash, balki o‘z salohiyatini yana bir bor namoyon qilish imkoniyati hamdir.

Futbol ishqibozlari esa ertangi to‘qnashuvni katta umid bilan kutmoqda. Terma jamoa maydonda yuksak iroda va katta mas’uliyat ko‘rsata olishi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi finalga qizg‘in tayyorlanmoqda