Rossiya terma jamoasi safarda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Qatarni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
33-daqiqada Aleksandr Golovin hisobni ochdi. 35-daqiqada Matvey Kislyak ham gol urdi - bu SSKA yarim himoyachisining milliy terma jamoadagi ilk goli edi. Ivan Sergeev 45-daqiqada hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Qatar hisobidagi yagona gol 62-daqiqada Akrom Afif tomonidan kiritildi. 69-daqiqada esa Aleksey Miranchuk Rossiyaning to‘rtinchi golini kiritdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi.
Qatar - Rossiya 1-4
Gollar: Afif 62 - Golovin 33, Kislyak 35, Sergeev 45, Miranchuk 69
Qatar: Barsham, Ali, Migel, Xuxi, Al Amin, Madibo, Salman, Muntari, Afif, Fatxi, Edmilson.
Rossiya: Safonov, Osipenko, Diveev, Silyanov, Krugovoy, Miranchuk, Kislyak, Batrakov, Miranchuk, Sergeev, Golovin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!