Jahon chempionati saralash bosqichida Ispaniya terma jamoasi Turkiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 6:0 hisobida yakunlandi. Gollarni Pedri (6’, 62’), Mikel Merino (22’, 45+1’, 57’) va Ferran Torres (53’) urdi.
Turkiya o‘yinda 11 marta zarba berdi, ammo faqat 2 tasi darvozaga yo‘llandi. Ispaniya esa 21 marta zarba berib, 12 tasini aniq darvozaga yo‘lladi. To‘p nazorati deyarli teng bo‘ldi — Turkiya 49%, Ispaniya 51% egalladi.
Bu g‘alabadan keyin Ispaniya 2 ta o‘yindan 6 ochko to‘plab, guruhda peshqadam bo‘lib turibdi. Turkiya va Gruziya 3 ochkodan to‘plagan, Bolgariya esa ochkosiz qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar