date

Kilian Mbappening APL, Bundesliga va Liga 1 uchun bashorati...

Kilian Mbappening APL, Bundesliga va Liga 1 uchun bashorati...

Fransiya terma jamoasi va “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe o‘zi qatnashmagan chempionatlar haqida ham fikr bildirishdan charchamaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mavsum Angliya, Germaniya va Fransiya chempionatlarida kimlar peshqadam bo‘lishi mumkinligi allaqachon ko‘zga tashlanmoqda.

“Keling, bir nechta prognoz qilaylikmi?” degan savolga yulduz futbolchi kulgu bilan javob qaytardi: “Men aslida bunday taxminlarda unchalik kuchli emasman. Har bir sovrinni o‘zim qo‘lga kiritishni istayman, xolos”.

APL haqida so‘z ketganda, Mbappe avval “Liverpul”ni tilga oldi: “Birinchi o‘rinda, albatta, chempionlikni himoya qiladigan ‘Liverpul’ haqida gapirish lozim. Ammo men ‘Arsenal’dan ham katta umiddaman. Sababi, jamoa futbolchilari uzoq vaqtdan beri birga o‘ynashmoqda. Bu esa futbolda hal qiluvchi jihat hisoblanadi. Shu bilan birga, Pep Gvardiola va Erling Holand bilan ‘Manchester Siti’ ham doimo favoritlar qatorida turadi”.

Angliyada chempionlik borasida aniq javob berish qiyinligini ta’kidlagan Mbappe: “Balkim, bu yil ‘Arsenal’ning yilidir. Albatta, ko‘pchilik ‘Siti’ yoki ‘Liverpul’ deyishi osonroq bo‘ladi”, – dedi.

Germaniya haqida esa Mbappe ikkilanmadi: “Bu yerda prognoz qilish juda oson. Bundesliga degani — ‘Bavariya’. Ular yana g‘alaba qozonishadi”.

Fransiya chempionatida ham u hech qanday intriga yo‘qligini aytib o‘tdi: “Albatta, ‘PSJ’! Bu yerda barchasi oydin va ravshan”, – deya so‘zini yakunladi yulduz hujumchi.

Shunday qilib, Mbappega ko‘ra, Angliya Premer-ligasida “Arsenal” yoki “Siti”, Germaniyada “Bavariya”, Fransiyada esa “PSJ” chempionlikka asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kilian Mbappening APL, Bundesliga va Liga 1 uchun bashorati...