Yevropa qit’asida 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi qizg‘in tarzda davom etmoqda va 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar muxlislarga bir-biridan hayratlanarli natijalarni taqdim etdi.
I guruhida Italiya va Isroil o‘rtasidagi to‘qnashuv haqiqiy gollar marafoniga aylandi. Jennaro Gattuzoo boshchiligidagi “adzurrilar” so‘nggi daqiqalarga qadar tish-tirnoq bilan kurashib, 5:4 hisobida zafar quchdi. Moyze Kenning dubli, Politanoning aniq zarbalari va Tonalining oyoqda qolgan so‘nggi goli italiyaliklarga muhim g‘alaba olib keldi.
JCH-2026 saralashi. Yevropa. 8 sentyabr
I guruhi. 6-tur
Isroil — Italiya 4:5
Gollar: Lokatelli 16 (avt), Peres 52, 89 (dubl), Bastoni 87 (avt) — Ken 40, 54 (dubl), Politano 58, Raspadori 81, Tonali 90+1.
Isroil: Daniel Peres, Dasa (Yexezkel 66), Naxmias, Lemkin (Shlomo 9, Turdjeman 88), Xalayli (Baribo 66), Eliel Peres, Dor Peres, Revivo, Glux, Solomon, Biton (Mizraxi 66).
Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Manchini, A. Bastoni, Dimarko (Kambiazo 79), Lokatelli, Barella (Frattezi 68), Tonali, Politano (Orsolini 68), Ken (Raspadori 79), Retegi (Maldini 88).
C guruhida Daniya Gretsiyani kutilmaganda yirik 3:0 hisobida yengdi. Damsgard, Kristensen va Hoylundning gollari skandinavlarga ishonchli uch ochko taqdim etdi. Shotlandiya esa Belarus ustidan 2:0 hisobida ustun kelib, o‘z guruhida kuchli o‘yinini davom ettirmoqda.
С guruhi. 6-tur
Gretsiya — Daniya 0:3
Gollar: Damsgard 32, Kristensen 62, Hoylund 81.
Gretsiya: Solakis – Vagiannidis, Mavropanos, Kuliyerakis, Simikas – Kurbellis (Siopis, 64), Zafeyris (Yoannidis, 76), – Karetsas (Bakasetas, 46), Konstantelias (Masuras, 46), Solis (Pelkas, 83) – Pavlidis.
Daniya: Shmeyxel – Megle (Grenbek, 90), Kristensen, Andersen, Kristensen – Frogoldt (Larsen, 83), Yulmann, Geyberg – Damsgor (O'Rayli, 83), Biret (Xoylund, 63), Olsen (Dorgu, 63).
С guruhi. 6-tur
Belarus — Shotlandiya 0:2
Gollar: Adams 43, Volkov 65 (avt).
L guruhida Xorvatiya Chernogoriyani 4:0 hisobida mag‘lub etib, o‘zining chempionlik ambitsiyalarini yana bir bor namoyish qildi. Perishich va Kramarich kabi tajribali futbolchilar maydonda o‘z so‘zini aytdi. Farer orollari esa kichik hisobda Gibraltar ustidan zafar qozondi.
L guruhi. 6-tur
Xorvatiya — Chernogoriya 4:0
Gollar: Jakich 35, Kramarich 51, Kuch 85 (avt), Perishich 90+2.
Xorvatiya: Livakovich, Yakich, Shutalo, Chaleta-Sar, Stanishich, Modrich (Moro 82), Suchich (Mayer 70), Pashalich (Fruk 61), Kramarich (Baturina 70), Perishich, Ivanovich (Budimir 61).
Chernogoriya: Petkovich, Vuyachich (Rubejich 7), Savich, Shipchich, Roganovich, Bulatovich, Brnovich (Kuch 74), Samay (Vukchevich 60), Vukotich (Bakich 46), Yovetich (Lonchar 60), Krstovich.
L guruhi. 6-tur
Gibraltar — Farer orollari 0:1
Gol: Agnarsson 68.
B guruhida eng katta syurpriz ro‘y berdi: Kosovo o‘z uyida Shvetsiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Reksbejach va Murikining gollari tarixiy g‘alabani ta’minladi. Bu vaqtda Shveysariya Sloveniyani 3:0 hisobida yengib, guruhda peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.
B guruhi. 6-tur
Shveysariya — Sloveniya 3:0
Gollar: Elvedi 18, Embolo 33, Ndoye 38.
Shveysariya: Kobel – Vidmer (Shmidt 62), Elvedi, Akandji, Rodriges – Froyler, Rider (Ebisher 62), Djaka – Ndoye (Zom 90), Embolo (Zakariya 78), Vargas (Manzambi 62).
Sloveniya: Oblak – Kornichnik (Brekalo 86), Drkushich, Biyol, Yanja – Stoyanovich (Shturm 61), Gnezda Cherin, Elsnik (Svetlin 61), Lovrich (D. Petrovich 21) – Sheshko, Vipotnik (Seshlar 86).
B guruhi. 6-tur
Kosovo — Shvetsiya 2:0
Gollar: Reksbejach 26, Muriki 42.
Chetlatish: Emiyerlahu 90+1.
Kosovo: Murich – Voyvoda, Krasnichi, Dellova, Aliti, Gallapeni – Musliya(Xodza), Avdullaxu, Redjbechay (Emerllaxu), Rraxmani (Yashari) – Murichi (Asllani).
Shvetsiya: Olsen – Gudmundsson, Ekdal (Kraft), Giyen, Bernxardsson (Nigren), Larsson (Nanasi), Ayari, Saletros, Svensson (Sema) – Elanga (Isak), Gokeresh.
Shunday qilib, saralash bosqichi muxlislardan tinimsiz e’tibor talab qilmoqda. Har bir turda sensatsiyalar, dramatik gollar va yirik hisoblar qayd etilmoqda. Oldinda esa hali ko‘p bahslar bor va Yevropa maydonlarida kutilmagan voqealar davom etishi shubhasiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!