date

Italiya muxlislari Isroilga qarshi o‘yin oldidan norozilik namoyishi o‘tkazdi

Italiya muxlislari Isroilga qarshi o‘yin oldidan norozilik namoyishi o‘tkazdi

Jahon chempionati-2026 Yevropa saralash bosqichidan o‘rin olgan Isroil – Italiya (4:5) uchrashuvi oldidan stadion tribunalarida kutilmagan voqea sodir bo‘ldi. Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi «moviy gvardiya» Isroilga qarshi maydonga tushish arafasida italiyalik muxlislar o‘z noroziliklarini yana bir bor ommaviy tarzda namoyish etdilar.

Vengriyada bo‘lib o‘tgan bellashuvda Isroil davlat madhiyasi yangrayotgan vaqtda tiffozilar maydonga orqa o‘girib olishdi. Shundan so‘ng tribunalarda «Stop» («To‘xtating») degan yozuvlar aks etgan bannerlar baland ko‘tarildi. Bu orqali ular Isroilning G‘azo hududidagi harakatlarini to‘xtatish zarurligini bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil sentyabr oyida ham Millatlar ligasi doirasida o‘tgan uchrashuv oldidan Italiya milliy jamoasi muxlislari xuddi shunday harakat bilan norozilik bildirishgandi. O‘shanda ham Isroil madhiyasi ijro etilgan zahoti tiffozilar maydonga orqa o‘girib, o‘z fikrlarini ochiq bildirishgan edi.

Shu tariqa, Isroilga qarshi har bir o‘yin oldidan italiyalik muxlislar siyosiy nuqtayi nazarini sport maydonlarida ham namoyon etmoqda. Bu holat esa JCH saralash bahslari sport bilan bir qatorda global voqealar ta’sirida kechayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiya muxlislari Isroilga qarshi o‘yin oldidan norozilik namoyishi o‘tkazdi