date

Xabi Alonso La Ligada oy murabbiyi deb topildi

Xabi Alonso La Ligada oy murabbiyi deb topildi

Madridning mashhur klubi «Real» jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya chempionati – La Ligada o‘tgan oyning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi. Bu haqda liga matbuot xizmati ma’lum qildi.

43 yoshli ispaniyalik mutaxassis maxsus so‘rovnoma orqali belgilangan tanlovda raqiblari — Ernesto Valverde («Atletik») va Manolo Gonsales («Espanol») ustidan yuqori natija qayd etib, g‘olib bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Alonso 2025 yilning 1 iyunidan buyon «Real Madrid» jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa La Liganing avgust oyidagi barcha 3 uchrashuvida maydonga tushib, barchasida g‘alaba qozondi.

Xususan, madridliklar «Osasuna»ga qarshi bahsda (1:0) minimal hisobdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi, «Ovedo» jamoasiga qarshi bahsda (3:0) ishonchli hisob bilan zafar quchishdi hamda «Malorka» ustidan (2:1) kuchli iroda hisobi bilan ustun kelishdi.

Natijada, 3 turdan so‘ng «Real» Ispaniya chempionatida yetakchilar qatoridan joy oldi va «Atletik» klubi bilan birgalikda peshqadamlikni bo‘lishib turibdi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Xabi Alonso jamoaga yangi nafas bag‘ishlagan murabbiy sifatida o‘zini ko‘rsatmoqda. Uning taktik qarashlari va maydondagi qarorlari «Real» futbolchilari o‘yinida sezilarli o‘zgarishlar yaratdi. Muxlislar esa yosh murabbiydan keyingi turlarda ham shunday samaradorlikni davom ettirishni kutmoqdalar.

Xabi Alonso «Real» klubidagi ilk oylaridayoq yorqin natijalarga erishib, La Liganing oy murabbiyi sifatida taqdirlandi. Bu esa uning murabbiylik yo‘lidagi katta qadamlaridan biri bo‘lib, madridliklar uchun yangi umid va kutilmalarni yuzaga keltirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso La Ligada oy murabbiyi deb topildi