date

Erling Xoland Moldova darvozasiga beshta gol urdi va tarixga kirdi

Erling Xoland Moldova darvozasiga beshta gol urdi va tarixga kirdi

2026 yilgi jahon chempionati saralash bahslari qizg‘in pallaga kirgan bir paytda, “I” guruhida ishtirok etayotgan Norvegiya milliy terma jamoasi muxlislarga haqiqiy gollar festivalini ulashdi.

Mezbonlar o‘z maydonlarida Moldova futbolchilariga qarshi maydonga tushib, raqibni yirik hisobda — 11:1 natija bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Bu uchrashuv nafaqat hisob, balki tarixiy rekordlar bilan ham esda qoldi.

Jamoaning asosiy yulduzi Erling Xoland bu bahsda mutlaq qahramonga aylandi. U 90 daqiqa ichida raqib darvozasini besh marotaba ishg‘ol etib, ikki bor jamoadoshlariga golli uzatmalar berdi. Bu natija bilan u nafaqat muxlislar olqishini qozondi, balki futbol tarixiga ham kirib qoldi.

FIFAning rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Xoland XXI asrda jahon chempionatlari saralash bosqichida “penta-trik” — bir o‘yinda beshta gol kiritgan ilk futbolchiga aylandi.

Shu bilan birga, bunday yutuq oxirgi marta 1977-yilda kuzatilgandi. O‘shanda avstriyalik Xans Krankl Avstriya va Malta o‘rtasidagi bahsda beshta to‘p kiritgan edi.

Shu tariqa, Erling Xoland yana bir bor nafaqat Norvegiya terma jamoasi, balki jahon futboli tarixi uchun ham o‘chmas iz qoldirdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng Norvegiya 15 ochko bilan "I" saralash guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Norvegiya navbatdagi saralash bahsida 11 oktyabr kuni o‘z maydonida Isroilni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Erling Xoland Moldova darvozasiga beshta gol urdi va tarixga kirdi