date

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi ovozalar haqida ochiq gapirdi

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi ovozalar haqida ochiq gapirdi

"Oriat Dono" radiosining "Futbol +" dasturida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Timur Kapadze mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida boshlovchi Bobur Akmalov ayni paytda ko‘pchilik orasida muhokama bo‘layotgan milliy jamoa bosh murabbiyi masalasi haqida savol berdi.

Bobur Akmalov qo‘ygan savollardan biri orqali "Timur aka, telefonni olib, to‘g‘ridan to‘g‘ri Ravshan Sayfitdinovichga qo‘ng‘iroq qilib: 'Bunaqa ish bo‘lmaydi, shunday qilsak-chi', degingiz kelmadimi?" deya qiziqdi.

Kapadze esa samimiy tarzda shunday javob qaytardi:
"Rostini aytsam, atrofimdagi turli ovoza va gap-so‘zlardan juda charchadim. Nima bo‘lishi kerak bo‘lsa, bo‘ladi. Agar taqdirim bu yerda emas ekan, boshqa yerda bo‘ladi. Assotsiatsiya bu masala ustida albatta o‘ylayotgandir, balki savollarga aniq javob hali yo‘qdir. Aniq sababini ayta olmayman".

Bundan tashqari, boshlovchi Akmalov "Ikki enlik rasmiy xabar chiqarilsa, barcha gap-so‘zlarga nuqta qo‘yilgan bo‘lardi-ku", deya fikr bildirdi.

Kapadze esa bu gapga ham rozilik bildirib:
"Albatta, sizning fikringizga qo‘shilaman. Biroq men o‘zimni faqat turnirga tayyorgarlikka bag‘ishladim, boshqa narsalarga e’tiborimni qaratgim kelmadi", — dedi.

Shuni ham eslatish kerakki, ayni paytda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Angliyaning "Vest Xem" klubi sobiq ustozi Slaven Bilich bilan ham muzokaralar olib borayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Milliy terma jamoa bosh murabbiyi ovozalar haqida ochiq gapirdi