date

Bugun 5 nafar bokschimiz final, 3 nafari esa yarim final uchun ringga chiqadi

Bugun 5 nafar bokschimiz final, 3 nafari esa yarim final uchun ringga chiqadi

Liverpul shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha dunyo chempionatida bugungi kun yanada qizg‘in va qiziqarli janglarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, yurtimiz sharafini himoya qilayotgan 8 nafar o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi ringga ko‘tariladi. Ular orasida 5 nafar sportchi finalga yo‘llanma uchun hal qiluvchi bahslarda ishtirok etadi.

Chempionat doirasida kurash olib borayotgan har bir bokschimizning maydondagi harakatlari va natijalari nafaqat murabbiylar, balki butun bir millatning e’tiborida bo‘ladi. Ayniqsa, yarim final bosqichiga chiqqan vakillarimizdan muxlislar katta umid qilayotir.

Chorak final bosqichida quyidagi yurtdoshlarimiz ringga chiqishadi:

  • 48 kg: Sabina Boboqulova — Jovanna Marchese (Italiya)

  • 50 kg: Shodiyorjon Meliquziyev — Soushi Makino (Yaponiya)

  • 85 kg: Akmaljon Isroilov — Rikardo Fresneda (Ispaniya)

Yarim finalda esa finalga yo‘llanma uchun quyidagi to‘qnashuvlar kutib turibdi:

  • 65 kg: Navbahor Hamidova — Nien-Chin (Xitoy Taypeyi)

  • 60 kg: Abdumalik Halokov — Shunsuke Kitamoto (Yaponiya)

  • 75 kg: Fazliddin Erkinboev — Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon)

  • 90 kg: To‘rabek Habibullaev — Enmanuel Reyes Pla (Ispaniya)

  • +90 kg: Jahongir Zokirov — Danabieke Bayikevuzi (Xitoy)

Shubhasiz, ushbu bahslar nafaqat boksimiz rivoji, balki mamlakatimiz sport nufuzini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Muxlislar esa bokschilarimizdan navbatdagi g‘alabalarni kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun 5 nafar bokschimiz final, 3 nafari esa yarim final uchun ringga chiqadi