Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik dzyudochilar finalga yo‘l oldi

Sport1 daqiqa o'qish3.2K
Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik dzyudochilar finalga yo‘l oldi

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kungi saralash bellashuvlari yakuniga yetdi. Musobaqa tatamilarida yurtimiz nomidan ishtirok etayotgan sportchilarimiz muxlislarga kutilganidek zavqli kun ulashdi.

Kun davomida o‘zbekistonlik bir qator yosh mahorat egalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, muhim natijalar qayd etdi. Xususan, Maftuna Ahmedova, Intizor Uzakbayeva, Jo‘rabek Eshpo‘latov va Alibek Durdiyev kechki final blokiga yo‘l oldi. Ular Osiyo chempionatining eng nufuzli – oltin medali uchun tatamiga chiqishadi.

Shuningdek, yana olti nafar dzyudochimiz bronza medali uchun kurash olib borishi ma’lum bo‘ldi. Bu sportchilarimiz uchun ham o‘z salohiyatini namoyon qilish va medal kolleksiyasiga qo‘shish imkoniyati hisoblanadi.

Bronza medali uchun bahslarda:

-57 kg vazn: Gulsanam Hazratova – Ayday Kakitayeva (Qirg‘iz Respublikasi)

-63 kg vazn: Zuhrajon Umarova – Sashenko Fatima (Indoneziya)

-73 kg vazn: Sa’dulla Ravshanov – Min Suң Jeon (Koreya Respublikasi)

-73 kg vazn: Daulet Turdiyarov – Yegor Krivolapov (Qirg‘iz Respublikasi)

+70 kg vazn: Zarina Bobonazarova – Akmarjan Turdajiyeva (Qirg‘iz Respublikasi)

-90 kg vazn: Inomjon Bahodirov – Alixan Saliyev (Qirg‘iz Respublikasi)

Oltin medali uchun final bahslari:

-57 kg vazn: Maftuna Ahmedova – Inju Jumajan (Qozog‘iston)

-70 kg vazn: Intizor Uzakbayeva – Jueun Shin (Koreya Respublikasi)

-90 kg vazn: Jo‘rabek Eshpo‘latov – Min Seok Jeon (Koreya Respublikasi)

+90 kg vazn: Alibek Durdiyev – Munhbagana Galsandamba (Mo‘g‘uliston)

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, yosh polvonlarimiz tayyorgarlikdan ruhlanib, final va bronza bahslarida ham muxlislarni quvontiradi, degan umid katta.

Bu natijalar nafaqat jismoniy kuch, balki psixologik barqarorlik va sabr-matonat orqali qo‘lga kiritilayotganini ko‘rsatmoqda. Muxlislar esa kechki finallarda vatan yoshlari g‘alaba bayrog‘ini yana baland ko‘tarishiga ishonch bildirishmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?