date

Nihoyat, Ivan Boshkovich ilk marta Mirjalol Qosimovni mag‘lub etdi

Nihoyat, Ivan Boshkovich ilk marta Mirjalol Qosimovni mag‘lub etdi

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan yuqori darajadagi qarama-qarshilik – "So‘g‘diyona" va OKMK o‘rtasidagi to‘qnashuv Jizzaxda bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar maydonda tom ma’noda ustunlik ko‘rsatib, raqib darvozasiga jami 4 ta to‘p kiritishdi va yirik hisobda zafar qozondilar – 4:1.

Uchrashuvda serb legioneri Lyupcho Doriyev ikki marta raqib darvozabonini mag‘lub etib, dublga erishdi. Samandar Mavlonqulov va Shohruh Abduraxmonovlar ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi. Bu natija "So‘g‘diyona" uchun muhim ahamiyat kasb etdi, chunki ular nafaqat ochko jamg‘arishdi, balki jamoa ruhiyatini ham ko‘tarishdi.

Qiziq jihati shundaki, bu o‘yin Ivan Boshkovich uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki u murabbiylik faoliyati davomida ilk bor taniqli mutaxassis Mirjalol Qosimov ustidan g‘alaba qozonishga erishdi. Ilgarigi 6 uchrashuvda Qosimov qo‘l ostidagi jamoalar besh bor g‘alaba qozongan, yana bir marta durang qayd etilgan edi.

Bundan tashqari, "So‘g‘diyona" birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun ham revansh oldi. Olmalikda bo‘lib o‘tgan o‘sha bahsda OKMK 3:2 hisobida ustun kelgan edi. Jizzaxda esa "bo‘rilar" o‘z so‘zini aytdi va muxlislarga to‘liq shodlik ulashdi.

Bu g‘alaba "So‘g‘diyona" uchun yangi bosqichga yo‘l ochib berishi mumkin. Jamoa turnir jadvalida 24 ochko to‘plagan holda 9 o‘rinda joylashgan bo‘lib yanada yuqoriga ko‘tarilish va mavsumni muvaffaqiyatli yakunlash uchun yanada katta ishtiyoq bilan kurashishi kutilyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nihoyat, Ivan Boshkovich ilk marta Mirjalol Qosimovni mag‘lub etdi