date

Murodjon Ahmadaliyev Inouega qarshi jangdan qancha ishlab olishi ma'lum bo'ldi

Murodjon Ahmadaliyev Inouega qarshi jangdan qancha ishlab olishi ma'lum bo'ldi

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida Naoya Inoue bilan jang qiladi, deb Kursiv.uz xabar berdi. Salaryleaks ma’lumotlariga ko‘ra, Ahmadaliyev ushbu jang uchun jami $6 mln (taxminan 75 milliard so‘m) oladi.

Jangning umumiy mukofot jamg‘armasi $20 mln qilib belgilangan bo‘lib, undan 75% Inouega, 25% esa Ahmadaliyevga to‘g‘ri keladi. Yaponiyalik bokschiga kafolatlangan gonorar sifatida $15 mln ajratilgan.

Inoue qo‘shimcha tarzda PPV (pullik translyatsiya) orqali yana taxminan $4 mln daromad olishi mumkin. Bu natija uning sport faoliyatidagi eng katta umumiy daromadi bo‘ladi — avvalgi rekordi Yu Jun Kimga qarshi jangdagi $7 mln edi.

Ahmadaliyev asosiy jang uchun $5 mln gonorar oladi, shuningdek, translyatsiyalar hisobidan yana $1 mln qo‘shiladi. Umumiy daromadi $6 mln bo‘lib, bu uning professional faoliyatidagi eng yuqori gonorari hisoblanadi.

Ayni paytgacha Ahmadaliyev professional ringda 15 jang o‘tkazgan: ularning 14 tasida g‘alaba qozongan va 1 marta mag‘lub bo‘lgan. Inoue esa hozirgacha 30 jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev Inouega qarshi jangdan qancha ishlab olishi ma'lum bo'ldi