Superliganing 21-turidan o‘rin olgan markaziy bahslardan biri Farg‘onaning "Neftchi" klubi va "Paxtakor" o‘rtasida kechadi. Ushbu to‘qnashuv nafaqat tur ochkolari uchun, balki jamoalarning nufuzi va mavsumdagi istiqbollari uchun ham katta ahamiyatga ega.
Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" joriy mavsumda safar o‘yinlarida barqaror va ishonchli natijalar ko‘rsatib kelmoqda. Farg‘onaliklar bugungi bahsga qadar 10 marotaba mehmon sifatida maydonga tushdi va birorta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi. Ularning hisobida 5 g‘alaba va 5 durang bor.
Shu bilan birga, "Neftchi" so‘nggi bor 2024 yilgi mavsumning 12-turida Qarshida "Nasaf"ga mag‘lub bo‘lgandi. Shundan buyon Levchenko shogirdlari ketma-ket 16 o‘yindan kamida 1 ochko bilan qaytishga muvaffaq bo‘lmoqda. Bu esa jamoaning psixologik va taktik jihatdan ancha barqaror ekanligini ko‘rsatadi.
Endi hammaning savoli bitta: bugun "neftchi"ning yoqimli an’anasi saqlanib qoladimi? "Paxtakor"ning o‘z maydonidagi kuchli o‘yiniga qarshi turish oson bo‘lmaydi, ammo farg‘onaliklar bu seriyani uzaytirish uchun bor imkoniyati bilan maydonga tushishi aniq.
Muxlislar uchun esa ushbu bahs Superliganing eng qiziqarli to‘qnashuvlaridan biri bo‘lishi shubhasiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!