date

Messi va Ronaldu bitta jamoa safida to‘p surishi mumkin

Messi va Ronaldu bitta jamoa safida to‘p surishi mumkin

UEFA Evropa mintaqasidagi barcha yulduzlarni bitta joyga jamlaydigan uchrashuv tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu shou-uchrashuvda tarkiblar internet foydalanuvchilari tomonidan aniqlanishi mumkin.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, Mishel Platini bu borada har yili shunaqa o‘yinlar o‘tkazadigan MBAdan o‘rnak olishi mumkin. Unga ko‘ra, internet foydalanuvchilari ovoziga ko‘ra tarkiblar shakllantiriladi. Bunda bitta jamoadan 2-3tadan ortiq futbolchi shouda bitta jamoa tarkibida harakat qila olishmaydi.

Shuningdek, tarkiblar mamlakatlarning geografik joylashuviga qarab tanlanishi ham mumkin. Bunda «Shimol» sharafini APL, Bundesliga va RFPL futbolchilari, «Janub» jamoasini esa Primera, A Seriya va Liga-1 futbolchilari tashkil qilishi mumkin bo‘ladi. Agar voqealar shunday rivoj topsa, «Oltin to‘p»ning so‘nggi etti yildagi gegemonlari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bir jamoada to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi va Ronaldu bitta jamoa safida to‘p surishi mumkin