Turkiya Superligasining 5-turidan o‘rin olgan keskin bahsda “Istanbul Bashakshehir” jamoasi safarida “Beshiktosh” bilan kuch sinashdi. Mazkur to‘qnashuvda o‘zbek legionerlari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev ham ishtirok etishdi. Afsuski, Istanbul klubi bahs yakunida 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvni asosiy tarkibda boshlagan Eldor Shomurodov 71-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq “Beshiktosh” futbolchilari so‘nggi daqiqalarda ikkita javob goli bilan ustunlikni qo‘lga kiritishdi. Abbosbek Fayzullaev esa o‘yinning so‘nggi soniyalarida — 90+3-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Shomurodovning mazkur bahsdagi shaxsiy ko‘rsatkichlari e’tiborga molik bo‘ldi:
Asosiy ko‘rsatkichlar:
-
Maydondagi vaqt: 85 daqiqa
-
Urilgan gol: 1
-
Assist: 0
-
Aniq uzatmalar: 18/22 (82%)
-
Darvoza tomon yo‘llangan zarbalar: 2
-
To‘pga teginishlar: 32 marta
-
Kalit uzatma: 1
-
To‘p yo‘qotish: 7 marta
-
Qoidabuzarlik: 1
-
Ishlab olingan standart zarbalar: 2
-
Havodan uzatma: 1
-
Yerdagi kurashlar (g‘alaba): 7dan 3ta
-
Havodagi duellar (g‘alaba): 4dan 1ta
Shu tariqa, Eldor Shomurodov “Bashakshehir” safidagi birinchi golini urib, o‘zini ko‘rsata oldi. Biroq bu natija jamoaga ochko olib kelishga yetarli bo‘lmadi. Muxlislar esa legionerimizdan keyingi uchrashuvlarda yanada samarali o‘yin kutishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!