Turkiya Superligasining 5-turidan o‘rin olgan “Beshiktosh” – “Istanbul Bashakshexir” to‘qnashuvi katta qiziqish bilan kuzatildi. Uchrashuv yakunida hisob 2:1 ko‘rinishida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Bellashuvda o‘zbekistonlik legionerlar ishtirok etdi. Hujumchi Eldor Shomurodov bahsni asosiy tarkibda boshladi va 85-daqiqada zaxiraga olindi. Milliy terma jamoamiz sardori hisobni ochgan gol muallifi sifatida e’tibor markaziga tushdi. U 71-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoasiga ustunlik olib kelgan edi.
Shu bilan birga, yana bir hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev ham maydonga tushdi. Ammo u o‘yinning so‘nggi daqiqalarida – 90+3 daqikada bahsga qo‘shildi va jamoasiga yordam berishga ulgurmadi.
Bellashuvdan keyin statistika va individual ko‘rsatkichlar e’lon qilindi. Nufuzli Sofascore portali Eldor Shomurodovning harakatlarini yuqori baholab, unga 7,6 reyting berdi. Abbosbek Fayzullayev esa qisqa vaqtda ishtirok etgani bois 6,7 ball bilan cheklandi.
Shomurodovning bu o‘yini nafaqat o‘z klubi muxlislarini, balki o‘zbek futboli ishqibozlarini ham quvontirdi. Chunki u yangi jamoasi safida tobora muhim figuraga aylanayotganini amalda ko‘rsatmoqda.
“Bashakshehir” esa baribir mag‘lubiyatdan qocha olmadi. Biroq Eldor Shomurodovning goli uning yangi klubidagi asosiy hujumchi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlab berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!