date

Amorim: “Biz hali jamoa tuzyapmiz, g‘alabalar oldinda”

Amorim: “Biz hali jamoa tuzyapmiz, g‘alabalar oldinda”

Angliya Premer-ligasining to‘rtinchi turida “Etixad” maydonida o‘tgan shahar derbisida “Manchester Siti” “Manchester Yunayted”ni yirik hisobda mag‘lub etdi – 3:0. Ushbu og‘ir bellashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruben Amorim matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Amorim jamoasi hali tuzilish jarayonida ekanini ta’kidladi:

— Biz yangi tarkib shakllantirayapmiz va kuchli raqiblarga qarshi imkoniyat qidirmoqdamiz. Har gal sizning savolingiz bitta bo‘ladi – nega yaxshi o‘ynamaysizlar? To‘g‘risi, bugun ayrim jihatlarda yaxshiroq harakat qildik, ammo mayda-chuyda detallarda raqibdan ortda qoldik.

Portugaliyalik mutaxassis o‘tgan mavsumni ham eslab o‘tdi:

— O‘tgan yil avval durang qayd etgan edik, keyin esa “Siti”ni yengganmiz. Demak, imkoniyat bor, lekin hozir bizga barqarorlik yetishmayapti. Futbolchilar maydonda bor kuchini ishga solyapti, ammo ular yanada kuchliroq bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, Amorim g‘alabalar qaytishini ishonch bilan aytdi:

— Hozir aniq so‘z topish qiyin, ammo biz jamoa tuzishni davom ettiramiz. Bu jarayon vaqt talab qiladi, lekin baribir g‘alabalarni qo‘lga kiritishimiz shart.

Shahar derbisida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, murabbiy o‘z jamoasiga ishonchi balandligini, ular yanada rivojlanib, yuqori pog‘onalarga chiqishiga ishonch bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amorim: “Biz hali jamoa tuzyapmiz, g‘alabalar oldinda”