date

Abduqodir Husаnov APLning ramziy jamoasidan joy oldi

Abduqodir Husаnov APLning ramziy jamoasidan joy oldi

Futbol statistikasi bo‘yicha yirik platformalardan biri — WhoScored Abduqodir Husanovni Angliya Premer-ligasining 4-turi ramziy jamoasiga kiritdi, deb Kursiv media xabar berdi.

“Manchester City” sharafini himoya qilayotgan 20 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi “Manchester United”ga qarshi bahsda (3:0) 7.92 ball to‘plab, yuqori baholandi va haftaning eng yaxshi futbolchilari safidan joy oldi.

U bilan birga haftaning ramziy jamoasiga quyidagi futbolchilar kiritilgan: darvozabon Rubin Roefs (“Sunderland”), himoyachilar Micky van de Ven (“Tottenham”), Tyrone Mings (“Aston Villa”), James Garner (“Everton”), yarim himoyachilar Noni Madueke va Martin Zubimendi (ikkisi ham “Arsenal”), Moises Caicedo (“Chelsea”), Jeremy Doku (“Manchester City”) hamda hujumchilar Erling Haaland (“Manchester City”) va Viktor Gyokeresh (“Arsenal”).

Abduqodir Husanov ayni paytda APL ramziy jamoasiga kiritilgan ilk va yagona o‘zbek futbolchisi bo‘lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husаnov APLning ramziy jamoasidan joy oldi