date

Gvardiola: "Arsenal" chempion bo‘lsa, katta pul sarflagani uchun bo‘ladi...

Gvardiola: "Arsenal" chempion bo‘lsa, katta pul sarflagani uchun bo‘ladi...

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premer-ligasining eng muhim to‘qnashuvlaridan biri — “Arsenal”ga qarshi bahs oldidan matbuot vakillari bilan suhbatda bo‘ldi. Ispaniyalik mutaxassis nafaqat raqib haqida, balki APLdagi moliyaviy kurash haqida ham o‘z qarashlarini bildirdi.

Gvardiola kinoyali tarzda Mikel Arteta boshqaruvidagi “Arsenal” va Arne Slot qo‘l ostidagi “Liverpul”ni tilga oldi. Uning fikricha, agar bu jamoalar chempionlikni qo‘lga kiritishsa, bu birinchi navbatda katta mablag‘ sarflagani bilan bog‘liq bo‘ladi.

“Do‘stim Mikel Arteta agar chempion bo‘lsa, bu uning jamoasi qanchalik mehnat qilgani uchun emas, balki boshqalarga qaraganda ko‘proq pul sarflagani uchun deyish mumkin. Xuddi shu gapni ‘Liverpul’ haqida ham aytish mumkin. Agar Slot chempionlikni saqlab qolsa, bu katta sarflangan mablag‘lar hisobiga bo‘ladi. Buni faqat ‘Manchester Siti’ qilgan emas, barcha klublar shunday yo‘l tutadi”, — dedi Gvardiola.

Uning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda deyarli har bir klub o‘zi xohlagan narsani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan. “Faqat bizga nisbatan boshqacha munosabat bo‘ldi. Boshqa klublar ham eng yaxshi futbolchilarni olish va Yevropa miqyosida raqobatlashish uchun barcha imkoniyatlardan foydalangan”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Shu bilan birga, murabbiy o‘z jamoasiga ishonchini yashirmadi. Uning fikricha, “Siti” moliyaviy masalalardan qat’i nazar, so‘nggi yillarda mehnat, intizom va doimiy natijalar bilan o‘zini ko‘rsata olgan.

Gvardiolaning bu so‘zlari Angliya futbolidagi doimiy bahsni yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi: kimning chempionligi haqiqiy mehnat samarasi, kimniki moliyaviy ustunlik mahsuli?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: "Arsenal" chempion bo‘lsa, katta pul sarflagani uchun bo‘ladi...