O‘zbekiston terma jamoasining sobiq ustozi, dunyo futbolida yaxshi tanilgan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper Lionel Messi bilan bog‘liq qiziqarli xotirasi bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlari futbol ishqibozlari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Kuper o‘z vaqtida Ispaniya La Liganing turli klublarida ishlagan. Xususan, “Rasing”da faoliyat olib borgan paytlaridan biri haqida to‘xtalar ekan, u Messining qay darajada noyob futbolchi ekanini yana bir bor ta’kidladi.
“Rasing”da ishlagan davrimda “Barselona”ga qarshi o‘yindan oldin butun hafta davomida futbolchilarimni faqat bitta narsaga tayyorladim: Messining chap oyog‘ini to‘sish. Hammaga takror va takror aytdim: agar u sizga ro‘baro‘ kelsa, chap oyog‘ini ishlatishiga yo‘l qo‘ymang, kerak bo‘lsa, o‘ngini ishga solsin”, – deydi Kuper.
Biroq natija kutilgandek bo‘lmagan. Afsonaviy Leo o‘yinda chap oyog‘ini emas, aynan o‘ng oyog‘ini ishga soldi va ikki gol kiritdi. Kuperning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea unga Messining futboldagi universalligi va iste’dodini yana bir bor ko‘rsatib bergan.
“Men o‘yladimki, uning asosiy kuchli tomoni chap oyog‘i, ammo u istagan paytda o‘ng oyog‘i bilan ham hal qiluvchi gol urishi mumkinligini namoyish etdi. Shu kundan so‘ng Messini yo‘qotishning deyarli iloji yo‘qligini tushundim”, – deya qo‘shimcha qildi argentinalik murabbiy.
Kuperning bu yodga olgan xotirasi Messining futboli qanday noyob va taxmin qilib bo‘lmas darajada ekanini yana bir bor namoyon etdi. Bu hikoya futbol tarixidagi eng kuchli hujumchilardan biri bo‘lgan Lionel Messining universalligi va g‘ayrioddiy mahoratini yanada yorqinlashtirdi.
Ektor Kuper Messi bilan bog‘liq hayratli voqeani yodga oldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar