date

Maguayr tanqidlarga javob berdi: "Masala tizimda emas"

Maguayr tanqidlarga javob berdi: "Masala tizimda emas"

"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr so‘nggi paytlarda jamoa o‘yin uslubiga qaratilgan salbiy fikrlarga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoaning natijalari o‘yin tizimidan ko‘ra futbolchilarning ijrosiga bog‘liq.

"Aslida sistemani tanqid qilish oson, chunki biz so‘nggi uchrashuvlarda g‘alaba qozona olmayapmiz. Ba’zan bizda barqaror sxema yo‘qdek ko‘rinadi. Lekin ko‘p holatlarda maydonda to‘rtta himoyachi bilan harakat qilamiz", – dedi angliyalik futbolchi.

Maguayr jamoaga yangi bosh murabbiy Ruben Amorim kelganidan so‘ng futbolchilarda ijobiy o‘zgarishlar sezilayotganini ham ta’kidladi. "Murabbiy Amorim ish boshlaganidan beri biz undan mamnunmiz. Albatta, tizimni joriy etish oson, ammo uning samarasi to‘liq futbolchilarning ijrosiga bog‘liq. Agar sen yuqori saviyadagi o‘yinchi bo‘lsang, har qanday uslubda to‘p surishga moslasha olasan", – deya qo‘shimcha qildi u.

Ayni paytda "Manchester Yunayted" jamoasi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida pastki pog‘onalardan birida joylashib turibdi. Jamoa uchun kelgusi turlardagi natijalar katta ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maguayr tanqidlarga javob berdi: "Masala tizimda emas"