Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida futbol ishqibozlari uzoq kutib kelgan markaziy bahs – “Manchester Siti” va “Arsenal” to‘qnashuviga guvoh bo‘ladi. Bu uchrashuv nafaqat turning, balki butun mavsumning eng muhim bellashuvlaridan biri sifatida qayd etilmoqda. Chunki maydonda o‘zaro raqobatga kirishadigan murabbiylar – Xosep Gvardiola va uning sobiq shogirdi Mikel Arteta.
Bellashuvdan avval turli nashrlar jamoalarning asosiy tarkiblari borasida o‘z taxminlarini taqdim etdi. Bu esa muxlislar orasida yanada qiziqish uyg‘otdi.
“Al Jazeera” nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Arsenal” quyidagi tarkib bilan maydonga tushishi mumkin: Rayya darvoza posboni sifatida, himoyada Timber, Saliba, Gabriel va Kalafori. Yarim himoyada esa Merino, Zubimendi va Rays. Hujum chizig‘ida esa Madueke, Dyokeresh va Martinelli joy oladi.
“Siti”ning esa ehtimoliy asosiy tarkibi quyidagicha: Donnarumma – darvoza posboni, himoyada Husanov, Diash, Gvardiol va O’Rayli. Yarim himoyada Rodri, Silva, Reynders, Foden, hujumda esa Xoland va Dok-u.
“Sports Mole” ham deyarli shunga o‘xshash tarkibni taqdim etdi. Ular “Arsenal” uchun yuqoridagi nomlarni qayd etgan bo‘lsa, “Siti”da ham Donnarumma asosiy tarkibda, himoyada Husanov, Diash, Gvardiol, O’Rayli, yarim himoyada Rodri va Silva, hujum chizig‘ida esa Foden, Reynders, Xoland va Dok-u bo‘lishi kutilmoqda.
Eng qiziq taxmin esa “London Evening Standard” sayti tomonidan taqdim etildi. Unga ko‘ra, “Arsenal” asosiy tarkibida Martinelli o‘rniga Eze maydonga tushishi mumkin. “Manchester Siti”da esa Diashning o‘rnini Ake egallashi, hujum chizig‘ida esa Savino paydo bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.
"Sports Illustrated" nashri ham ushbu bellashuv uchun o‘z taxminiy tarkibini e’lon qildi:
Bu bellashuv har jihatdan intriga va dramatizmga to‘la. Bir tarafda mavsum davomida g‘oliblik uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilayotgan Gvardiola shogirdlari, ikkinchi tarafda esa yildan yilga kuchayib borayotgan va o‘z ambitsiyalarini ochiq namoyon etayotgan Arteta jamoasi.
Har qanday holatda, ushbu o‘yin Premer-liga muxlislari uchun yorqin futbol tomoshasi bo‘lishi shubhasiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!