date

«Oltin to‘p» marosimini Ronaldinio sovrin topshirish bilan ochadi

«Oltin to‘p» marosimini Ronaldinio sovrin topshirish bilan ochadi

Bugun Fransiya poytaxti Parij shahri yana bir tarixiy voqeaga guvoh bo‘ladi. Mashhur «Shatle» teatrida futbol dunyosida eng nufuzli individual sovrinlardan biri – «Oltin to‘p» taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Kecha Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanishi belgilangan bo‘lib, unda jahon futboli yulduzlari, murabbiylar, jurnalistlar va minglab muxlislar ishtirok etadi. Tadbirda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar nomi e’lon qilinadi.

Sovrinni topshirish sharafi afsonaviy braziliyalik futbolchi Ronaldinioga nasib etdi. Undan ham ko‘ra qizig‘i shundaki, aynan 20-yil muqaddam u o‘zining ilk va yagona «Oltin to‘p»ini qo‘lga kiritgan edi. Shu tariqa, Ronaldinio yana tarix sahnasida, bu safar sovrin topshiruvchi sifatida namoyon bo‘ladi.

E’tiborlisi, so‘nggi to‘rt yildan buyon «Oltin to‘p» g‘oliblari yil taqvimiga qarab emas, balki butun mavsum yakuniga ko‘ra aniqlanmoqda. Bu gal ham an’ana saqlanib qoladi va eng yaxshi futbolchi 2024-yil 1-avgustidan 2025-yil 13-iyuligacha bo‘lgan oraliqdagi natijalar asosida belgilanadi.

Futbol olamida eng kutilgan savol – bu yil sovrin kimning qo‘liga o‘tadi? Har bir nomzodning muxlislari o‘ziga xos intiqlik bilan marosimni kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Oltin to‘p» marosimini Ronaldinio sovrin topshirish bilan ochadi