date

«Oltin to‘p» uchun ehtimoliy ovoz berish natijalari e’lon qilindi

«Oltin to‘p» uchun ehtimoliy ovoz berish natijalari e’lon qilindi

Taniqli sport jurnalisti Pablo Jiralt ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali 2025 yilgi «Oltin to‘p» ovoz berish natijalarini e’lon qildi. Insayder xabariga ko‘ra, bu yilgi mukofot «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasining yosh vingeri Lamin Yamalga nasib etibdi. 2-o‘rinni esa, Fransiyaning top klubi — «PSJ» futbolchisi Usmon Dembele egallagan.

Bu yilgi «Oltin to‘p» mukofoti tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, u birinchi marta 2024-yil 1-avgustdan 2025-yil 13-iyulgacha bo‘lgan mavsum yakunlari asosida topshiriladi. Bu esa, har bir futbolchi uchun yanada katta fursat bo‘lib, ularning joriy mavsumdagi chiqishlari mukofot olishdagi ta’sirini yanada oshiradi.

Jurnal va tadbirni tashkil qiluvchi «France Football» bu yilgi marosimni Parijdagi «Shatle» teatrida o‘tkazadi. Mukofotni berish uchun ovoz berish tadbirida FIFA reytingining top-100 mamlakatining sport jurnalistlari ishtirok etishgan.

Foto: Pablo Giralt

«Oltin to‘p» ehtimoliy ovoz berish natijalari

Shuningdek, tarixda to‘rtinchi marta «Oltin to‘p» nominatsiyasining ovoz berish natijalari kalendar yil emas, balki butun mavsumga asoslanib aniqlandi. Yangiliklar muxlislar orasida yanada katta qiziqishni uyg‘otgani va bu yilgi ovoz berish jarayoni futbol sohasidagi yangi bir bosqichning boshlanishi sifatida baholanmoqda.

Bu voqea futbol ishqibozlari uchun yanada ko‘p diqqatni tortadi va Lamin Yamalning bu mukofotni qo‘lga kiritish orqali kelajakdagi imkoniyatlariga yo‘l ochadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Oltin to‘p» uchun ehtimoliy ovoz berish natijalari e’lon qilindi