date

«Real» qishki transfer oynasida yosh Endrik taqdirini hal qiladi

«Real» qishki transfer oynasida yosh Endrik taqdirini hal qiladi

Madridning mashhur «Real» klubi qishki transferlar oynasi ochilishi oldidan tarkibni qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish borasida jiddiy ishlar olib borishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub rahbariyatida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalardan biri yosh braziliyalik hujumchi Endrik taqdiri bo‘ldi.

Katta umidlar bilan «bo‘lajak yulduz» sifatida taklif qilingan futbolchi hozircha ishonchni to‘liq oqlay olgani yo‘q. U Yevropa futboliga va «Real»dagi ichki raqobatga to‘laqonli moslasha olmayapti. Bu esa murabbiylar shtabi va rahbariyatda uning rivojlanishi haqida turli fikr va bahslarni keltirib chiqarmoqda.

Madridlik mutaxassislar yosh hujumchiga muntazam o‘yin amaliyoti zarurligini ta’kidlashmoqda. Shu bois klub Endrikni qishki transferlar davrida ijaraga jo‘natish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Unga nisbatan katta bosim mavjudligi, futbolchi o‘z iqtidorini erkin namoyish qilish imkoniyatini cheklayotgani qayd etilmoqda.

Ispaniya ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, La Liganing bir nechta klubi yosh hujumchi bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda. Xususan, «Sevilya», «Selta» hamda ligaga yangidan qo‘shilgan «Real Ovedo» Endrikni yanvarda o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida ekani aytilmoqda.

Shu tariqa, qishki transferlar oynasi Madrid klubi uchun nafaqat tarkibni kuchaytirish, balki kelajakka qaratilgan yo‘nalishni belgilashda ham muhim sinovga aylanishi kutilyapti. Endrikning keyingi manzili esa muxlislar va futbol jamoatchiligi orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» qishki transfer oynasida yosh Endrik taqdirini hal qiladi