date

Rivaldo: Lamin Yamal kelasi yili «Oltin to‘p»ga da’vogar

Rivaldo: Lamin Yamal kelasi yili «Oltin to‘p»ga da’vogar

Braziliya milliy jamoasi va «Barselona»ning afsonaviy futbolchisi Rivaldo kataloniyaliklar tarbiyasida shakllanayotgan yosh vinger Lamin Yamal haqida to‘xtalib, uning kelajagi haqida katta bashorat qildi.

Uning fikricha, hozirda bor-yo‘g‘i 18 yoshni qarshilagan Lamin keyingi yilda dunyo futbolidagi eng nufuzli mukofot — «Oltin to‘p»ga asosiy da’vogarlardan biriga aylanishi mumkin.

«Menimcha, Laminda kelasi yil «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Agar u ko‘p gol ursa, ko‘plab golli uzatmalar bersa va mavsum davomida yuqori darajadagi o‘yin namoyish etsa, mukofot undan chetlab o‘tmaydi.

Faqat o‘z mahoratini ko‘rsatishning o‘zi yetarli emas. U Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘z vaqtida qilganidek maydonda hamma narsani isbotlashi shart», — dedi Rivaldo o‘z bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal joriy mavsum La Liga doirasida uchta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol muallifi bo‘ldi va uch marta assistentlik qildi. Uning Transfermarkt portalidagi transfer bahosi 200 million yevro deb ko‘rsatilmoqda.

Bu raqam Yamalning potensiali va unga bo‘lgan qiziqish qay darajada yuqori ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Kataloniya jamoasining yosh iqtidori shunday tempda rivojlansa, Rivaldo aytgan so‘zlar ortiqcha emasligiga futbol ishqibozlari ham ishona boshlashi tayin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rivaldo: Lamin Yamal kelasi yili «Oltin to‘p»ga da’vogar