"Manchester Yunayted"ning sobiq afsonaviy hujumchisi Ueyn Runi "Liverpul" safida to‘p surayotgan Ugo Ekitikening "Sautgempton"ga qarshi kechgan bahsdagi maydondan chetlatilishi yuzasidan fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz hujumchisi uchrashuvning 53-daqiqasida birinchi sariq kartochka bilan ogohlantirilgan edi. Ammo 85-daqiqada jamoasiga g‘alaba keltirgan golni u libosini yechib nishonladi va shu orqali ikkinchi sariq kartochka oldi hamda maydondan chetlatildi.
Ushbu vaziyatga munosabat bildirgan Runi shunday dedi:
"Goldan keyin u hissiyotlarini nazorat qila olmadi. Balki bu harakati uchun o‘zi ham afsuslangan bo‘lsa kerak. Ammo buni oqlash qiyin, bu albatta ahmoqona qaror edi.
So‘nggi yillarda har qanday gol VAR orqali tekshiriladi va shundan so‘ng nishonlanadi. Biroq shunday tabiiy hissiyotlarni yana maydonda ko‘rishning o‘zi ham muxlislar uchun quvonchli bo‘ldi", – dedi Runi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!