Angliya Premer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan jozibali bahsda «Tottenhem» o‘z maydonida «Vulverxempton»ga qarshi bahs olib bordi. Kurashlarga boy bo‘lgan o‘yin yakunida raqiblar 1:1 hisobidagi durangga rozi bo‘lishdi.
Uchrashuvning dastlabki qismida har ikki jamoa ehtiyotkor o‘yin uslubini tanladi. «Tottenhem» maydonda to‘pga ko‘proq egalik qilgan bo‘lsa-da, «Vulverxempton» keskin qarshi hujumlar orqali xavf tug‘dirdi. Birinchi bo‘lim hisob ochilmagan holda yakunlandi.
Ikkinchi taym boshlanishi bilan mehmonlar ta’sirchan harakat qildi va 54-daqiqada Santyago Buyeno aniq zarbasi bilan darvozani ishg‘ol etib, «Vulverxempton»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu goldan so‘ng «Tottenhem» ustunlikni qo‘lga olishga harakat qildi, ammo raqib himoyachilari uzoq vaqt ularga imkoniyat bermadi.
Shu holda o‘yin yakunlanadi, deb o‘ylangan bir vaqtda, 90+4-daqiqada Joau Palinya sahnaga chiqdi. Uning goli «Tottenhem»ni katta yo‘qotishdan asrab qoldi va jamoa muxlislarini so‘nggi daqiqalarda quvontirishga muvaffaq bo‘ldi.
«Tottenhem» — «Vulverxempton» 1:1
Gollar: Palinya (90+4) — Buyeno (54).
Tottenhem — Vikario, Spens (Porro, 63), Romero, Van de Ven, Udogi (Tel, 84), Palinya, Bentankur (Jonson, 62), Qo‘dus, Bergvall (Sarr, 78), Simons (Odobert, 78), Risharlison.
Vulverxempton — Jonston, Doerti (Agbadu, 46), Buyeno, Kreychi, Buyeno, Gomes (Bellegard, 64), Andre, Arias, Munetssi, Hvang (Chatchua, 46), Larsen (Arokordare, 84).
Shu tariqa, «Tottenhem» 11 ochko bilan turnir jadvalida 3-pog‘onaga ko‘tarildi. «Vulverxempton» esa faqat 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qolib ketdi.
O‘yindan keyin mutaxassislar ikki jamoaning ham xarakterini alohida ta’kidlab o‘tishdi. «Tottenhem» oxirgi daqiqalargacha kurashishdan to‘xtamadi, «Vulverxempton» esa hujumda ko‘rsatgan irodasi bilan muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!