date

Sevilya birinchi bo‘limni Barselonaga qarshi g‘alaba bilan yakunladi

Sevilya birinchi bo‘limni Barselonaga qarshi g‘alaba bilan yakunladi

La Ligadagi jozibali bahslardan biri — “Sevilya” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi bo‘limi yakunlandi. Hisob — 2:1.

Uy jamoasi 13-daqiqada A. Sanchesning penaltidan urgan goli orqali hisobni ochdi. Keyin 36-daqiqada I. Romero ikkinchi golni kiritdi va andalusiyaliklarning ustunligini oshirdi.

Biroq “Barselona” taym yakunlanishidan oldin javob qaytardi — Markus Reshford 45+7-daqiqada aniq zarba bilan hisobni qisqartirdi.

Birinchi taym statistikasi:

• Zarbalar: Sevilya – 7, Barselona – 5

• Aniq zarbalar: 3 – 3

• To‘p nazorati: 46% – 54%

• Paslar: 167 – 190

• Pas aniqligi: 82% – 84%

• Follar: 4 – 5

• Sariq kartochkalar: 1 – 3

• Ofsaydlar: 3 – 0

• Burchaklar: 2 – 4

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sevilya birinchi bo‘limni Barselonaga qarshi g‘alaba bilan yakunladi