La Ligadagi 8-tur bahsida “Sevilya” o‘z uyida “Barselona”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning ilk qismidayoq andalusiyaliklar ustunlikni qo‘lga kiritdi:
13-daqiqada A. Sanches penaltidan hisobni ochdi, 36-daqiqada esa I. Romero hisobni 2:0ga yetkazdi.
“Barselona” birinchi bo‘lim oxirida Markos Reshfordning goli orqali hisobni qisqartirdi (45+7’). Ammo ikkinchi bo‘limda “Sevilya” yana faollashdi va 90-daqiqada Karmona, 90+6-daqiqada esa Adams tomonidan urilgan gollar hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
O‘yin statistikasi:
• Zarbalar: Sevilya – 13 / Barselona – 17
• Aniq zarbalar: 5 – 8
• To‘p nazorati: 39% – 61%
• Paslar: 265 – 426
• Pas aniqligi: 77% – 85%
• Follar: 18 – 9
• Sariq kartochkalar: 7 – 4
• Burchaklar: 7 – 6
• Ofsaydlar: 10 – 0
Bu g‘alaba orqali “Sevilya” jadvalda yuqoriga ko‘tarildi va “Barselona”ni mag‘lub etish orqali chempionlik poygasini qizitdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!