"Barselona" ilk mag‘lubiyatini “Sevilya”dan qabul qilib oldi (video)

Ispaniya La Ligasining 8-turidan o‘rin olgan “Sevilya” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu bellashuvda mezbonlar kataloniyaliklarni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yin startni faol boshlagan maydon egalari 13-daqiqada Aleksis Sanchesning penaltidan urgan goli evaziga hisobni ochdi. 36-daqiqa Isaak Romero yana mehmonlar darvozasini ojiz qoldirib, oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan 7 daqiqaning so‘nggisida Reshford Pedrining uzatmasini golga aylantirdi — 2:1.
“Sevilya” futbolchisi Karmona 90-daqiqada o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 90+6-daqiqada Adams hisobni yirik 4:1 ko‘rinishiga keltirdi va o‘yinga nuqta qo‘ydi.
La Liga. 8-tur
Sevilya — Barselona 4:1
5 oktyabr, «Ramon Sanches Pisxuan»
Gollar: Sanches (13, penalti), Romero (36), Karmona (90), Adams (90+6) — Reshford (45+7).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Levandovski (76).
Sevilya — Vlaxodimos, Karmona, Aspilikueta, Markan, Suazo, Agume, Mendi (Peke, 73), Sou (Gudel, 61), Vargas (Yanuzay, 73), Sanches (Ejuke, 90+3), Romero (Adams, 61).
Barselona — Shesni, Arauxo (Garsiya, 46), Kubarsi, Kunde, Martin (Balde, 46), De Yong (Kristensen, 88), Pedri, Olmo, Reshford, Ferran (Barji, 69), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Martin (16), Markan (20), Ferran (21), De Yong (38), Romero (50), Yanuzay (74), Agume (81), Reshford (84), Peke (90+5).
Hansi Flik shogirdlariga bu natija qimmatga tushishi mumkin. Ertaga agar “Real Madrid” o‘z ishtirokidagi uchrashuvda g‘alaba qozonsa, turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!