date

Rodrigo: “El-Klasiko”da «Barselona»ga qarshi o‘z so‘zimizni aytamiz!

Rodrigo: “El-Klasiko”da «Barselona»ga qarshi o‘z so‘zimizni aytamiz!

“Real Madrid”ning tezkor vingeri Rodrigo navbatdagi “El-Klasiko” oldidan muxlislarga ishonch ulashdi. Uning aytishicha, o‘tgan mavsumdagi xatolardan xulosa chiqarilgan, endilikda esa jamoa o‘z uyida to‘liq kuch bilan javob qaytarishga tayyor.

Braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsum haqida ochiqcha gapirdi: “O‘sha paytni eslash shart emas. Biz yetarlicha kuchli emasdik, ayniqsa ‘El-Klasiko’da. To‘rt marta mag‘lub bo‘ldik — bu fakt. Hozir ‘Barselona’ yaxshi ritmda, ishonch bilan o‘ynayapti, lekin bizda ham ajoyib tarkib bor”.

Rodrigo uchrashuv ssenariysi og‘ir kechishini tan oldi, ammo “Santyago Bernabeu” faktori hal qiluvchi bo‘lishini ta’kidladi: “Bu qiyin o‘yin bo‘ladi. Lekin o‘zimizning maydon, o‘z muxlislarimiz oldida maydonga tushamiz. G‘alaba uchun aniq rejamiz bor, qanday bo‘lmasin yutishimiz shart — chunki uydamiz”.

U, shuningdek, shaxsiy maqsadini ham yashirmadi: “Qirollik klubiga kelgan har bir futbolchi Chempionlar ligasida sovrin qo‘lga kiritishni va ‘Barselona’ga hal qiluvchi gol urishni orzu qiladi. Men ham shunga intilaman”.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumdagi dastlabki “El-Klasiko” 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. “Bernabeu”dagi bo‘layotgan to‘qnashuv Rodrigo va jamoadoshlari uchun o‘tgan mavsumdagi noxush xotiralarga munosib nuqta qo‘yish imkoniyati bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rodrigo: “El-Klasiko”da «Barselona»ga qarshi o‘z so‘zimizni aytamiz!