Liverpulning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager “Manchester Yunayted”da Ruben Amorimning vaqti tugab borayotganini ochiq aytdi. Uning ta’kidlashicha, bosh murabbiyni ishdan olish haqida gapirish yoqimsiz tuyulsa-da, bu safar vaziyat shunday nuqtaga kelib qolganki, lavozimda qolishini tasavvur qila olmaydi.
“Hurmat nuqtayi nazaridan bunday mavzularni yoqtirmayman. Lekin hozirgi holatda uning ishini davom ettirishi amrimahol deb o‘ylayman. Shubham yo‘q — Yangi yilgacha ishdan bo‘shatiladi”, — dedi Karrager The Overlap ko‘rsatuvida.
Mutaxassis fikrini raqamlar bilan ham mustahkamladi: “Yunayted” Amorim qo‘li ostidagi dastlabki 50 uchrashuvdan so‘ng raqib darvozasiga kiritgan to‘plari soni o‘zlari o‘tkazib yuborgan gollardan bor-yo‘g‘i ikkitaga ko‘p. Karragerga ko‘ra, bunday statistika titullarga da’vo qiladigan jamoa uchun o‘ta tashvishli signal.
“Old Trafford”dagi keyingi haftalar hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Muxlislar natija va o‘yin sifatida burilish kutayotgan bir paytda, klub rahbariyati ham mavsum taqdiriga ta’sir qiladigan qaror ostonasida turibdi. Shunday sharoitda Amorimning har bir qadami mikroskop ostida — xatoga joy kam, vaqt esa oz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar