Deku: Lamin Yamal — "Barselona" va butun dunyo uchun haqiqiy sovg‘a

“Barselona” sport direktori Deku kattalashib borayotgan yulduz Lamin Yamalning o‘rni va mas’uliyati haqida yorqin fikrlar bildirdi. Unga ko‘ra, “Barsa” uchun muhim o‘yinchi bo‘lish — butun dunyo diqqati markazida qolishni ham anglatadi.
Deku ta’kidlashicha, bu bosimni to‘g‘ri qabul qilish va boshqarish shaxsiy rivojlanishga bevosita bog‘liq: klub futbolchilarga faqat maydonda emas, maydon tashqarisida ham yordam berishga intilmoqda. “Yosh — baribir yosh”, deydi u, “lekin Lamin nafaqat iqtidor, balki yoshiga nomutanosib yetuklik namoyon qilayapti”.
“Men 48 yoshdaman, u 18 yoshda, ammo Yamal boshqalardan ajralib turadigan o‘yinchi. ‘Barsa’ va butun dunyo uchun Lamin — haqiqiy sovg‘a. Biz bu bilan faxrlanishimiz kerak”, — deya qayd etdi Deku “Catalunya Radio” efirida.
Klub rahbariyati yosh vinger atrofida sog‘lom muhit yaratish, yuklamani to‘g‘ri taqsimlash va maslahatchi-mentorlar ko‘magi orqali uning salohiyatini ehtiyotkorlik bilan ochishni maqsad qilgan. Yamalning hozirgi bosqichda ko‘rsatayotgan barqaror o‘yini esa ushbu rejaning to‘g‘ri ekanini yana bir bor tasdiqlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!