date

“Real Madrid” stadionining nomi o‘zgarishi rostmi?

“Real Madrid” stadionining nomi o‘zgarishi rostmi?

Ispaniyaning mashhur klubi “Real Madrid” o‘z uy stadioni nomini o‘zgartirdi. Endi u rasman “Santyago Bernabeu” emas, balki qisqacha “Bernabeu” deb ataladi. Bu haqda “Sport” nashri ma’lum qildi.

Klub rahbariyati bu qarorni brendni global bozorda tanitish va tijoriy jihatdan samarali bo‘lish maqsadida qabul qilganini bildirdi. Ularga ko‘ra, qisqa va zamonaviy nom marketingda kuchli ta’sir beradi.

Biroq ko‘plab muxlislar bu qarorga qarshi chiqishmoqda. Ular “Santyago” so‘zini olib tashlashni klubning tarixiga va sobiq prezident Santyago Bernabeu merosiga hurmatsizlik deb baholashdi.

“Santyagosiz Bernabeu bo‘lmaydi. Ertaga u ‘Adidas Bernabeu’ yoki ‘Emirates Bernabeu’ bo‘lib ketadi”, — deyishdi muxlislar uyushmasi vakillari.

Ma’lumot uchun, stadion 1947-yilda “Nuevo Estadio Chamartin” nomi bilan ochilgan bo‘lib, 1955-yilda o‘sha paytdagi prezident Santyago Bernabeu sharafiga qayta nomlangan edi.

2019-yilda boshlangan rekonstruksiya uchun 1,3 milliard yevro sarflandi. Yangi loyiha zamonaviy fasad, yorug‘lik tizimlari va ko‘p maqsadli maydonlarni o‘z ichiga oladi.

Klub rahbariyati yaqin kunlarda Paseo-de-la-Kastelyana ko‘chasida yangi “Bernabeu” yozuvini o‘rnatishni rejalashtirgan. Bu stadionning yangi tijoriy imijini mustahkamlashga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” 2017-yilda Emirates kompaniyasining 250 million yevrolik nom huquqi taklifini rad etgan edi. Ammo hozirgi iqtisodiy sharoit klubni tijoriy siyosatini qayta ko‘rib chiqishga majbur etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real Madrid” stadionining nomi o‘zgarishi rostmi?