Angliya milliy jamoasi o‘rtoqlik bahsida Uelsni ishonchli tarzda 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ishonchli start qilgan mezbonlar avvaloq ustunlikni qo‘lga kiritdi: 3-daqiqada Morgan Rojers hisobni ochdi, 11-daqiqada Olli Uotkins farqni oshirdi, 20-daqiqada Bukayo Saka imkoniyatni boy bermay uchinchi golni urdi. Qolgan vaqtda inglizlar to‘p nazorati va intizomi bilan ustunlikni mustahkamlab, darvozasini quruq saqladi.
O‘rtoqlik o‘yini
Angliya — Uels 3:0
Gollar: Rojers (3), Uotkins (11), Saka (20).
Angliya (start): Pikford; Konsa, Stouns (Luis-Skelli, 80), Gexi, Spens; Anderson (Xenderson, 69), Rays (Loftus-Chik, 66); Saka (Boven, 70), Rojers (Gibbs-Uayt, 70), Gordon; Uotkins (Reshford, 46).
Uels (start): Darlov; Uilyams (Kpakio, 64), Rodon, Devis (Mefam, 64), Dasilva; Ampadu (Shixan, 64), Kallen; Djonson (Koumas, 76), Uilson (Djeyms, 64), Bruks; Mur (Xarris, 76).
Yevropa maydonchalaridan boshqa natijalar
— Ruminiya — Moldova 2:1
Gollar: Munteanu (12), Xagi (44) — Radul (avt., 36).
— Polsha — Yangi Zelandiya 1:0
Gol: Zelinski (49).
Angliya uchun bu o‘yindagi 20 daqiqalik “zo‘r berilgan bosim” ham hujumdagi samaradorlik, ham himoyadagi hushyorlik bilan yodda qoldi. Uels esa yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilib, keyingi o‘yinlarda qayta tiklanishga intilsa, ajab emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!