date

Qozog‘iston Lixtenshteynni yirik hisobda mag‘lub etdi

Qozog‘iston Lixtenshteynni yirik hisobda mag‘lub etdi

Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi doirasida Yevropa qit’asidagi o‘yinlar davom etmoqda. J guruhida ishtirok etayotgan Qozog‘iston milliy jamoasi bugun o‘z maydonida Lixtenshteyn termasini qabul qildi.

Uchrashuv Qozog‘iston uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Mezbonlar raqib ustidan to‘liq ustunlikka erishib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Bellashuvning 26-daqiqaida Xalimjan Kenjebek hisobni ochib, jamoasiga ilk golni taqdim etdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Baxtiyor Zaynutdinov hisobni 2:0 ko‘rinishiga yetkazdi.

Ikkinchi bo‘limda ham qozog‘istonlik futbolchilar faol harakatni davom ettirishdi. 59-daqiqada yana Kenjebek o‘yindagi ikkinchi golini kiritib, dublga erishdi. Uchrashuvning 81-daqiqasida esa Alibek Kasim darvoza to‘rini aniq nishonga oldi va hisobni yiriklashtirdi — 4:0.

JCH–2026 saralashi

Qozog‘iston – Lixtenshteyn 4:0

Gollar: Kenjebek (26’, 59’), Zaynutdinov (28’), Kasim (81’)

Shu tariqa, Qozog‘iston terma jamoasi guruhdagi hisobini 6 ochkoga yetkazdi va 4-o‘rinni saqlab qoldi. Bu g‘alaba terma jamoaga keyingi o‘yinlar oldidan katta ishonch bag‘ishladi.

Baxtiyor Zaynutdinov va Xalimjan Kenjebekning faol o‘yini jamoaga muhim natija olib keldi. Murabbiylar ham futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy uyg‘unligidan mamnun ekanini bildirishdi.

Qozog‘iston termasi endi navbatdagi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi. Ular uchun bu g‘alaba nafaqat ochkolar sonida, balki jamoa ruhiyatida ham muhim burilish nuqtasi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozog‘iston Lixtenshteynni yirik hisobda mag‘lub etdi