Xavi: Keyingi jahon chempioni Ispaniya bo‘ladi

Xavi: Keyingi jahon chempioni Ispaniya bo‘ladi

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Xavi Ernandes 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida qaysi terma jamoa g‘olib chiqishi mumkinligi haqida fikr bildirdi, deb xabar berdi Euro-football.ru.

Sky Sports jurnalistlariga ko‘ra, Xavi mazkur musobaqada Ispaniya terma jamoasi chempion bo‘lishiga ishonmoqda. Navbatdagi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi.

Ayni damdagi amaldagi jahon chempioni – Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Ular finalda Fransiyani mag‘lub etgan edi. Xavining fikricha, Ispaniya keyingi chempionlik uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar