"Barselona" rahbariyati yosh vinger Lamin Yamalning shaxsiy hayoti va turmush uslubi bo‘yicha jiddiy xavotirga tushgan. Bu haqda Cadena SER radiokanalidagi El Larguero dasturi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klub so‘nggi oylarda Yamal bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator voqealardan mamnun emas. "Ko‘k-anorranglilar" futbolchining shaxsiy hayotiga oid mish-mishlar va uning shov-shuvli ziyofatlarda qatnashgani haqidagi xabarlardan norozilik bildirgan.
Shu bilan birga, Yamal joriy — 2025/2026 yilgi mavsumda "Barselona" safida beshta o‘yinda ishtirok etib, ikki gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.
Klub rahbariyati futbolchidan yanada mas’uliyatli bo‘lish va diqqatini to‘liq sport faoliyatiga qaratishini kutayotgani aytiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar